Parlament tadqiqotlari instituti

Vyetnam Milliy majlisi normativ-huquqiy hujjatlar töğrisidagi qonunni yangi tahrirda qabul qildi
2026-yil 20-noyabrda Vyetnam Milliy majlisi “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi qonunni qabul qildi. Qonun 2027-yil 1-martdan kuçga kiradi. Unda “huquq normasi” tuşunçasiga ta’rif berildi va normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuçiga köra örni belgilandi. Dastlab bekor qiliş taklif etilgan beş turdagi hujjat, jumladan, Milliy majlis, uning Doimiy qömitasi va Hukumat qarorlari saqlab qolindi.

Qonun loyihasini tayyorlaşdan oldin unda nazarda tutilayotgan yeçimlarni baholaş tartibi özgardi. Sakkizta vazirlik va idora 15 kun içida öz vakolatiga kiruvçi masalalar böyiça yozma xulosa beradi. Masalan, Moliya vazirligi taklifni amalga oşiriş uçun mablağ manbalarini, Taşqi işlar vazirligi uning xalqaro şartnomalarga muvofiqligini, Adliya vazirligi esa Konstitutsiya va qonunlarga mosligini baholaydi. Har bir idora öz xulosasining sifati uçun javob beradi. Hukumat tayyor qonun loyihasini Milliy majlisga kiritişdan oldin Adliya vazirligi uni huquqiy ekspertizadan ötkazadi.

Milliy majlis yiğila olmaydigan va keçiktirib bölmaydigan hollarda uning Doimiy qömitasi yoki Hukumat qonun yoxud parlament qarorining ayrim qoidalarini vaqtinça özgartiriş töğrisida qaror qabul qilişi mumkin. Hukumat bunday qarorni Doimiy qömitaning roziligi bilan qabul qiladi. Qarorda qaysi qoidalar özgarişi va ular kimlarga tatbiq etilişi aniq körsatiladi. Şoşilinç tartibda ham huquqiy ekspertiza va parlament qömitasida körib çiqiş bosqiçlari saqlanadi. Qaror köpi bilan bir yil amal qiladi. Tegişli özgartirişlar Milliy majlisning eng yaqin sessiyasiga kiritiladi. Parlament ularni ma’qullamasa, vaqtinçalik qaror öz kuçini yöqotadi.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Özbekistonning “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi Qonuni 30-moddasiga köra, manfaatdor idoralar qonun loyihasini, qoida tariqasida, yetti iş kuni içida kelişadi. 31-moddaga muvofiq, bu muddat buzilsa, idora rahbari şaxsan javob beradi. Vyetnam tajribasi asosida Özbekistonda ham qonun loyihasi konsepsiyasini tayyorlaş bosqiçida qaysi idora qaysi masala böyiça asoslantirilgan yozma xulosa berişi va uning sifati uçun javobgarligini aniq belgilaş mumkin.

Şuningdek, fuqarolar yoki tadbirkorlarga yangi majburiyat yuklaş zaruratini birinçi öqişda baholaş maqsadga muvofiq. Vyetnamda Adliya vazirligi taklif etilayotgan ma’muriy tartib-taomilning zarurligini baholaydi. Özbekistonda PF–111-son Farmon ham muqobil yeçimlarni baholaşni nazarda tutadi. Masalan, yangi ruxsatnoma joriy etiş taklif qilinsa, mas’ul qömita öz xulosasida u qaysi xavfning oldini olişini, xabardor qiliş tartibi nega yetarli emasligini va ruxsatnoma oliş tadbirkorga qança vaqt va mablağga tuşişini körsatişi lozim.

Mahalla — jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmaçisi
MAQOLA

Oybek QÖŞBOQOV
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği, iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori

Özbekistonda mahallalarning jamiyat hayotidagi örni tubdan özgarmoqda. Endi ular mahalliy byudjetlar va infratuzilma loyihalarini şakllantirişda hal qiluvçi sözga ega.

Prezidentimiz 2026 yil iyul oyida Bekobod şahriga taşrifi çoğida «Xos yoz» kanali böyi va Döstlik mahallasida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari bilan tanişdi. Bir paytlar qarovsiz va tartibsiz holatda bölgan kanal böyida hududni kompleks rivojlantiriş böyiça master-reja asosida 3 kilometrlik piyodalar yölagi va 5,4 kilometrlik mustahkam tösiqlar barpo etildi, ikkita köprik qurildi. Sohil böyida 27 ta yangi savdo va xizmat körsatiş ob’yekti taşkil etilib, 167 ta doimiy iş örni yaratildi. Döstlik mahallasida joriy yilda tadbirkorlar tomonidan 1,1 milliard söm investitsiya kiritilib, 25 ta yangi iş örni oçildi. «Taşabbusli byudjet» mablağlari hisobidan Bekobod şahri muzeyi taşkil etildi.

Uşbu misolda mahalla buyurtmasi tizimining mohiyati yaqqol namoyon böladi. Hudud master-reja asosida rivojlantiriladi, tadbirkorlar sarmoyasi va aholi taşabbusi yagona maqsadga yönaltiriladi, erişilgan natija esa, avvalo, yaratilgan iş örinlari va aholi farovonligi bilan baholanadi. Endi mazkur yondaşuv umumdavlat siyosati darajasiga kötarilmoqda.

Nutqdan farmongaça

Prezidentimiz 2026 yil 28 avgustda davlat mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimda inson qadrini yuksaltirişga qaratilgan yettita milliy dasturni e’lon qildi. Oltinçi dasturning zaruratini asoslar ekan, davlatimiz rahbari: «Odamlarimizning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoşlarning orzu-istagi, tadbirkorlarning taşabbuskorligi, eng avvalo, mahallada namoyon böladi», deya ta’kidladi.

Şundan kelib çiqib, davlat dasturlarini işlab çiqişga bölgan yondaşuvni tubdan özgartiriş, tuman byudjeti, investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalarini mahalla buyurtmasi asosida şakllantiriş vazifasi belgilandi. Bunda fuqarolar ehtiyoji va mahalla farovonligi «eng asosiy mezon sifatida belgilanadi».

Oradan ikki yarim oy ötib, 10 noyabrda «Inson qadrini yuksaltirişga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-242-son Farmon qabul qilindi. Uşbu hujjat bilan 2027–2031 yillarga möljallangan yettita strategik milliy dastur va ularning maqsadli körsatkiçlari tasdiqlandi.

Oltinçi milliy dastur özaro uzviy boğliq uçta muhim vazifani qamrab oladi. Birinçidan, davlat dasturlari mahallalarning talab va ehtiyojlaridan kelib çiqib şakllantiriladi. Ikkinçidan, tuman (şahar) byudjeti, investitsiya dasturlari va infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida işlab çiqiladi. Uçinçidan, mahalla buyurtmalari böyiça 30 kun muddatda asoslantirilgan qaror qabul qiliş tartibi joriy etiladi.

Bu vazifalarning moliyaviy poydevori esa undan oldinroq yaratilgan edi. Prezidentimizning 2025 yil 26 dekabrdagi Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga Murojaatnomasida mahallalar infratuzilmasini rivojlantiriş uçun hududlarga ilk bor 20 trillion söm ajratilişi e’lon qilindi.

Mazkur vazifa «Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş» yilida qabul qilingan 2026 yil 16 fevraldagi PF-22-son farmonda ham mustahkamlandi. Hujjatda mahallalarda 10 mingdan ziyod işlab çiqariş va xizmat körsatiş loyihasini işga tuşiriş orqali qöşimça 100 mingta yangi iş örni yaratiş vazifasi belgilangan. Bunday loyihalarni kreditlaş uçun 5 trillion söm resurs nazarda tutilgan.

Farmonga ilova qilingan «Mahalla infratuzilmasini yanada takomillaştiriş va ularga Yangi Özbekiston qiyofasini olib kiriş böyiça ustuvor islohotlar dasturi» esa mablağlarning sarflaniş yönalişlarini belgilab beradi. Uşbu vazifalar PF-21-son Farmon bilan yangilangan «Özbekiston — 2030» strategiyasining «Barqaror iqtisodiy ösiş orqali aholi farovonligini ta’minlaş» yönalişiga xizmat qiladi.

Mahallalar uçun alohida moliyaviy manbalar ham şakllantirilmoqda. 2026 yil 24 iyundagi PF-116-son farmonga muvofiq, Özbekiston mahallalari uyuşmasining mahallalar faoliyatini rağbatlantiriş jamğarmasiga har yili respublika byudjetidan 200 milliard söm ajratiladi.

Şuningdek, 2027 yil 1 yanvardan boşlab jismoniy şaxslar tomonidan tölanadigan mol-mulk va yer soliği tuşumlarining 15 foizi (noturar obyektlar bundan mustasno) mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etiş jamğarmasiga yönaltiriladi. Prezidentimiz ma’lumotiga köra, mahalladagi noturar ob’yektlardan tuşadigan yer va mol-mulk soliğining 5 foizi ham mahalla ixtiyorida qoldirilib, natijada ular tasarrufida yiliga 400 milliard söm mablağ şakllanadi.

Buyurtmaning huquqiy tabiati

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari vakolatlarini aniq ajratib beradi.

Konstitutsiyaning 122-moddasiga köra, tegişli mahalliy byudjetlarni körib çiqiş va qabul qiliş, ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oşiriş xalq deputatlari Kengaşlari vakolatiga kiradi. 123-modda mahalliy byudjetni şakllantiriş va ijro etiş vazifasini hokim zimmasiga yuklaydi. 127-moddaga muvofiq, fuqarolar yiğinlari özini özi boşqariş organlari hisoblanadi, davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Davlat esa ularning faoliyati uçun zarur şart-şaroitlar yaratadi.

Mahalla buyurtmasi ana şu uç sub’yekt örtasidagi özaro munosabatlarning yangi şaklini ifodalaydi. Fuqarolar yiğini byudjetni tuzmaydi va tasdiqlamaydi. U hokimlikka tuman byudjeti qaysi ehtiyojlarga xizmat qilişi lozimligini asoslab beradi. Xalq deputatlari Kengaşi esa hokimlik mazkur ehtiyojlarni qay darajada inobatga olganini nazorat qiladi.

PF-242-son Farmon mazmunidan kelib çiqib aytiş mumkinki, mahalla buyurtmasining huquqiy ahamiyati, eng avvalo, unga javob beriş majburiyatida namoyon böladi. Vakolatli organ buyurtmani qabul qilişi, uni aniq muddat va moliyalaştiriş manbaini körsatgan holda keyingi davrga qoldirişi yoki asosli sabablarga köra rad etişi mumkin. Biroq uni javobsiz qoldirişga haqli emas. Farmonda belgilangan 30 kunlik muddat va asoslantirilgan qaror qabul qiliş talabi aynan şu tamoyilni ifodalaydi.

Bu yondaşuvning huquqiy asoslari 2021 yilga borib taqaladi. Xususan, 2021 yil 13 apreldagi PQ-5072-son qaror bilan tuman va şahar byudjetlari qöşimça mablağlarining kamida 30 foizini jamoatçilik fikri asosida şakllantirilgan tadbirlarga yönaltiriş tartibi joriy etilgan edi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga köra, 2021 yildan buyon «Taşabbusli byudjet» jarayoni doirasida 24 mingdan ortiq loyiha ğolib deb topilib, ularni amalga oşiriş uçun 26 trillion sömdan ziyod mablağ yönaltirilgan. 2026 yilning özida 4 800 dan ortiq ğolib loyihaga davlat byudjetidan 6,5 trillion söm ajratilgan.

Biroq «Taşabbusli byudjet»da mahalliy byudjetning faqat muayyan qismi ovoz beriş orqali taqsimlanadi. Mahalla buyurtmasi esa tuman byudjeti, investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalarini şakllantiriş bosqiçining özida iştirok etiş imkonini beradi. Bunda hal qiluvçi omil ovozlar soni emas, balki hisob-kitoblar bilan asoslangan real ehtiyoj hisoblanadi.

Mexanizmning taşkiliy asoslari ham bosqiçma-bosqiç şakllantirilmoqda. PF-116-son Farmonga muvofiq, «Raqamli mahalla» elektron platformasida vazirlik va idoralarning axborot tizimlari integratsiya qilinadi. Mahallalar infratuzilma, tadbirkorlik, kambağallik, işsizlik, jinoyatçilik, notinç oilalar va aholi murojaatlari körsatkiçlari asosida «qizil», «sariq» va «yaşil» toifalarga ajratiladi.

Prezidentimiz raisligida 2026 yil 16 iyulda ötkazilgan yiğilişda har bir mahalla raisi öz hududining iqtisodiy va ijtimoiy buyurtmasini şakllantirişi, bunda muammolar aniq hisob-kitob qilinib, loyihalar tayyorlanişi hamda mas’ul taşkilotlarga tegişli vazifalar yuklatilişi belgilab berildi.

Hozirça bu tartib asosan Prezident farmonlari bilan tartibga solinmoqda. Uni barqaror huquqiy mexanizmga aylantiriş uçun Byudjet kodeksi va «Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisida»gi qonunda mahalla buyurtmasi tuşunçasi, uni ma’qullaş tartibi va muddatlari, buyurtmaning byudjet taqvimidagi örni, asoslantirilgan qarorning majburiy mazmuni va uni e’lon qiliş tartibi, rad etilgan buyurtma yuzasidan Kengaşga murojaat qiliş huquqini belgilaş maqsadga muvofiq.

Bunda buyurtmani mahalla raisi tayyorlaşi, fuqarolar yiğini esa uni ma’qullaşi maqbul yondaşuv böladi. Çunki Konstitutsiyaning 127-moddasida özini özi boşqariş organi sifatida aynan fuqarolar yiğini belgilangan.

Yuqoridan rejalaştirişdan quyidan buyurtma şakllantirişga

Yaqin ötmişda hududiy infratuzilma dasturlari asosan yuqoridan şakllantirilar edi. Masalan, 2018 yilda boşlangan «Obod mahalla» dasturi doirasida mablağlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari huzuridagi jamğarmalar orqali taqsimlangan.

Bugun esa hududlarni rivojlantirişga bölgan yondaşuv özgarmoqda. Prezidentimiz mahalla raisining vazifasini belgilar ekan, «Mahalla raisi ijtimoiy muammolarni qayd etuvçi şaxsdan öz hududining “iqtisodiy buyurtmaçi”ga aylanişi kerak», deb ta’kidladi.

Moliyaviy manbalarning kengayişi ham uşbu jarayonning muhim jihatidir. Davlatimiz rahbari ma’lumotiga köra, hokim va mahalla raislarining vakolatlari kengayişi natijasida tumanlarda örtaça 22 milliard sömdan qöşimça mablağ qoldi, mahalla byudjetiga esa örtaça 150–200 million söm tuşdi. Mahallalar byudjetlariga tuşumlar joriy yilda 1 trillion 600 milliard sömga, kelgusi yildan esa 2 trillion sömga yetişi kutilmoqda.

Murojaatnomada e’lon qilinganidek, 2026 yil 1 yanvardan qöşilgan qiymat soliği tuşumlarining Toşkent şahrida 5 foizi, boşqa hududlarda esa 20 foizi joylarda qoldirilib, ularning yarmi tuman byudjetlariga ötkazilmoqda. Natijada tumanlar byudjetida yiliga 5 trillion sömlik qöşimça manba şakllanadi.

2026 yil 23 yanvardagi videoselektor yiğilişida 20 trillion sömning 12 trillionini «oğir» tuman va mahallalarga yönaltiriş, asosiy e’tiborni 70 ta tuman va 1 mingga yaqin «oğir» mahallaga qaratiş belgilandi. Joriy yilda infratuzilma uçun har bir tumanga örtaça 250 milliard söm, har bir mahallaga esa 5,5 milliard söm ajratilgan.

Mablağlarni taqsimlaş tamoyili ham özgarmoqda. Murojaatnomada ta’kidlanganidek, «bu mablağlarning har bir sömi aholimiz uçun qöşilgan qiymat yaratişi zarur». Mablağ oliş tartibi ham aniq körsatib berilgan: «Marhamat, qaysi mahalla raisi, hokim yordamçisi va mahalla bankiri loyiha qilib, uni asoslab bersa, zarur mablağni olsin».

Mahalla buyurtmasining mohiyati ham aynan şu ikki talabda mujassam: birinçisi — mablağlar aniq ehtiyojga yönaltirilişi, ikkinçisi — har bir loyiha özining iqtisodiy va ijtimoiy samarasi bilan asoslanişi.

2027 yil byudjeti va parlament nazorati

2027 yil Davlat byudjeti milliy dasturlarni amalga oşiriş davrining birinçi byudjeti böladi. Prezidentimiz 13 noyabrda ötkazgan yiğilişda byudjet daromadlarini 416 trillion söm, xarajatlarini 464 trillion söm etib belgilaş nazarda tutilayotganini ma’lum qildi. Hududlar va mahallalar infratuzilmasini yaxşilaş, aholi bandligi va daromadlarini oşiriş, inson kapitalini rivojlantiriş hamda ijtimoiy himoyani kuçaytirişga 70 trillion söm ajratiş rejalaştirilmoqda.

Byudjet loyihasi mahalliy Kengaşlarda muhokama qilingaç, Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritiladi. Mexanizm endi joriy etilayotgani sababli uning töliq samarasi keyingi byudjet sikllarida namoyon böladi. Biroq loyihaning mahalliy Kengaşlarda muhokama qilinişi mahalla ehtiyojlarini inobatga olişning dastlabki amaliy imkoniyati hisoblanadi.

Tuman byudjeti loyihasi Kengaşda körib çiqilayotganda deputatlar mahallalardan qanday buyurtmalar kelib tuşgani, ularning qaysi biri byudjetga kiritilgani, qaysilari esa qanday asoslar bilan keyingi davrga qoldirilganini köra olişi zarur.

Buning uçun tuman byudjeti loyihasiga mahalla buyurtmalari reyestri va ular böyiça qabul qilingan asoslantirilgan qarorlarni ilova qiliş maqsadga muvofiq. Şunda har bir buyurtmaning taqdiri oçiq muhokama va deputatlik nazorati orqali körib çiqiladi.

Parlament nazoratining huquqiy vositalari ham mavjud. PF-242-son farmonga muvofiq, milliy dasturlar ijrosi ustidan Oliy Majlis palatalari va mahalliy Kengaşlar tomonidan parlament va deputatlik nazorati örnatiladi. «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va «Yuksaliş» harakati esa jamoatçilik fikrini inobatga olgan holda joylardagi işlar holatini tanqidiy örganadi.

PF-22-son Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi Davlat dasturi ijrosi yuzasidan har yarim yilda Qonunçilik palatasiga hisobot kiritadi. 2026 yil byudjeti ijrosiga oid PQ-388-son qarorga köra, byudjet mablağlaridan foydalanişga doir maqsadli indikatorlar böyiça Hisob palatasining taşqi audit xulosasi ham palataga taqdim etiladi. Bu vositalar ajratilgan mablağlarning samaradorligini faqat sarflangan mablağ hajmi bilan emas, balki erişilgan natijalar asosida baholaş imkonini beradi.

Deputatlar bu jarayonning bevosita iştirokçisi hamdir. 2025 yil 29 avgustdagi Prezident qarori bilan joriy etilgan mexanizm asosida 2026 yilda 150 nafar deputat «Taşabbusli byudjet» jarayonida yetarli ovoz töplay olmagan, biroq ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan 495 ta loyihani tanladi. Ularni amalga oşiriş uçun qariyb 480 milliard söm ajratildi.

Saylov okrugidagi mahalla buyurtmalarini umumlaştiriş va ularning ijrosini kuzatib boriş esa deputatlik faoliyatining mantiqiy davomi bölişi mumkin.

Xorij tajribasi nimani körsatadi?

Iştirokçi byudjetlaştiriş amaliyoti 1989 yilda Braziliyaning Portu-Alegri şahrida paydo bölgan va keyinçalik dunyo böylab 2 700 dan ortiq hukumat tomonidan qabul qilingan. Biroq Portu-Alegrining özida bu amaliyot 2017 yilda mablağ yetişmasligi va islohot zarurati sababli ikki yilga töxtatilgan.

Jahon resurslari instituti tadqiqotçilari mazkur tajribadan iştirokçi byudjetlaştiriş tizimi puxta taşkiliy tuzilma, yetarli moliyaviy resurslar va özgaruvçan siyosiy şaroitlarga moslaşa oladigan institutlarga tayangandagina barqaror bölişi mumkin, degan xulosa çiqargan.

Janubiy Koreyada 2011 yilda Mahalliy moliya töğrisidagi qonunga kiritilgan özgartişlar bilan iştirokçi byudjetlaştiriş barça mahalliy hokimiyatlar uçun majburiy etib belgilandi. 2014 yildagi tuzatişdan keyin qonunning 39-moddasi aholi fikrini mahalliy kengaşga taqdim etiladigan byudjet loyihasiga ilova qilişni talab etadi. Bugungi kunda u yerda fuqaro taklifi rad etilganda uning sabablarini asoslaş majburiyatini yanada kuçaytiriş masalasi ham muhokama qilinmoqda.

Özbekistonda esa bu masala 30 kunlik muddatda asoslantirilgan qaror qabul qiliş talabi orqali tartibga solinmoqda.

Polşada 2018 yil 11 yanvarda qabul qilingan qonun bilan fuqarolik byudjeti kommuna (gmina) özini özi boşqariş töğrisidagi qonunning 5a-moddasida jamoatçilik bilan maslahatlaşuvning maxsus şakli sifatida mustahkamlandi. Povyat maqomiga ega 66 ta şaharda uşbu amaliyot majburiy hisoblanadi. Uning hajmi sönggi ijro hisobotidagi xarajatlarning kamida 0,5 foizini taşkil etadi.

Aholi tomonidan tanlangan vazifalar byudjet töğrisidagi qarorga kiritiladi. Kengaş byudjet loyihasi ustida işlayotganda ularni çiqarib taşlaşi yoki jiddiy özgartirişi mumkin emas.

Xorijiy tajriba şuni körsatadiki, jamoatçilik iştirokini ta’minlovçi mexanizmlar qonun bilan kafolatlanmasa, siyosiy vaziyat özgarişi bilan zaiflaşişi mumkin. Fuqarolar taklifining byudjet loyihasiga majburiy ilova qilinişi va uni rad etiş sabablarining asoslantirilişi esa bunday tizimning samaradorligini oşiradi.

Özbekistonda joriy etilayotgan 30 kunlik muddatda asoslantirilgan qaror qabul qiliş talabi ikkinçi şartning muhim qismini ta’minlaydi. Buyurtmalarni byudjet loyihasiga ilova qiliş va uşbu mexanizmni qonun darajasida kafolatlaş esa parlament oldida turgan muhim vazifalardan biridir.

Buyurtmaçi mas’uliyati

Prezidentimiz 2026 yil 16 iyuldagi yiğilişda: «Hokimda ham, mahalla raisida ham, umuman, “yettilik”ning har bir vakilida resurs va vakolat bor. Yetişmayotgan jihat — mas’uliyat va taşabbuskorlik», deya ta’kidlagan edi.

Darhaqiqat, buyurtmaçi maqomining berilişi mahalla jamoasi zimmasiga ham yangi mas’uliyat yuklaydi. «Taşabbusli byudjet» jarayonida 2026 yilda joriy etilgan şeriklik mexanizmi buning dastlabki namunasi böldi. Aholi loyiha qiymatining yarmini öz hissasi bilan qoplagan 152 ta loyiha ğolib deb topildi. Ularni amalga oşiriş uçun şakllangan qariyb 20 milliard söm mablağning taxminan yarmi aholi hissasi hisobidan ta’minlandi.

Mahalla öz ehtiyojlarini «Raqamli mahalla» platformasi ma’lumotlariga tayanib asoslab bersa, vakolatli organ 30 kun içida asoslantirilgan qaror qabul qilsa, ma’qullangan buyurtma tuman byudjeti loyihasida alohida aks ettirilib, Kengaşda muhokama qilinsa va yil yakunida hokim uning ijrosi yuzasidan Kengaş oldida hisobot bersa, mahalla buyurtmasi tizimi öz oldiga qöyilgan maqsadga erişadi.

❝ Ana şu izçil jarayon qonun bilan mustahkamlansa, PF-242-son farmonda belgilangan 2027–2031 yillar mahalla buyurtmasi byudjet jarayonining doimiy va muhim böğiniga aylanadigan davr böladi. ❞

Oybek QÖŞBOQOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği, iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori

Manba: ÖzA

Estoniyada jamoat kutubxonalari faoliyatini taşkil etiş tizimi isloh qilinmoqda
Joriy yilning 18-noyabr kuni Estoniya parlamenti – Riygikogu hukumat taşabbusi bilan işlab çiqilgan “Jamoat kutubxonalari töğrisida”gi qonun loyihasini ma’qulladi. Mazkur qonun jamoat kutubxonalari tarmoğini boşqariş va ular faoliyatini taşkil etiş tizimini isloh qilişga qaratilgan.

Qonunga muvofiq, har bir munitsipalitet hududidagi barça jamoat kutubxonalari yagona boşqaruv tizimiga birlaştiriladi. Şuningdek, ular faoliyatini muvofiqlaştiriş va axborot almaşinuvini ta’minlaş maqsadida umummilliy kutubxona ma’lumotlar bazasi joriy etiladi. Amaldagi uçta alohida axborot tizimi örniga yagona ma’lumotlar bazasini şakllantiriş nazarda tutilgan. Unga jamoat kutubxonalari bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot, ixtisoslaştirilgan va maktab kutubxonalari ham ixtiyoriy ravişda ulanişi mumkin.

Kutubxonalarni boşqariş va muvofiqlaştirişning yangi tartibi

Islohot doirasida Estoniya Milliy kutubxonasiga jamoat kutubxonalari sohasidagi umummilliy vazifalarni amalga oşiriş vakolatlari beriladi. Ilgari mazkur vazifalar 15 ta hududiy kutubxona tomonidan muvofiqlaştirilgan bölsa, yangi tartibga köra, barça munitsipal jamoat kutubxonalari Milliy kutubxonaning teng huquqli hamkorlariga aylanadi.

Bunda kutubxonalar tarmoğini taşkil etiş mahalliy özini özi boşqariş organlari vakolatida saqlab qolinadi. Biroq tarmoqni şakllantirişda aholi soni, ziçligi va tarkibi, şuningdek, hududiy ehtiyojlar asosiy mezonlar sifatida belgilanadi.

Milliy kutubxona zimmasiga milliy xizmatlarni yaratiş, boşqariş va rivojlantiriş, hisobotlarni yiğiş va tahlil qiliş, sohaviy maslahatlar beriş, xodimlar malakasini oşirişni muvofiqlaştiriş hamda naşrlarni markazlaşgan tartibda xarid qiliş vazifalari yuklatiladi. Şu bilan birga, har bir jamoat kutubxonasi öz fondi uçun naşrlarni mustaqil tanlaş huquqini saqlab qoladi.

Kutubxona xodimlariga qöyiladigan malaka talablari

Qonun bilan kutubxonaçilarning kasbiy malakasiga doir talablar ham belgilandi. Unga köra, kutubxonaçi, qoida tariqasida, oliy kasbiy ma’lumotga ega bölişi lozim. Bunday ma’lumot mavjud bölmagan taqdirda, boşqa oliy ma’lumot va kutubxonaçi kasbiga ega böliş talab etiladi.

Şu bilan birga, mahalliy hokimiyat organlariga xodimning avvalgi iş tajribasi va mehnat faoliyati davomida orttirgan kompetensiyalarini ham inobatga oliş imkoniyati beriladi. Bu yetarli tajribaga ega, biroq belgilangan kasbiy malaka talablariga töliq javob bermaydigan, zarur ta’lim yoki kasbiy tayyorgarlikni egallaşga tayyor mutaxassislarni işga qabul qiliş imkonini beradi.

Bundan taşqari, parlament tomonidan kutubxona foydalanuvçilari ma’lumotlarini tekşiriş tartibini soddalaştiriş va kutubxona ma’lumotlar bazalaridan foydalaniş qoidalarini aniqlaştirişga qaratilgan özgartirişlar kiritildi. Islohotni amalga oşirişga tayyorgarlik köriş maqsadida qonun normalarining kuçga kiriş muddatlari ham keçiktirildi.

Qonunning qabul qilinişi

Qonun loyihasi yuzasidan parlamentda turli siyosiy partiyalar vakillari fikr bildirdilar. Ovoz beriş natijalariga köra, 52 nafar deputat qonunni yoqlab, 19 nafari qarşi ovoz berdi, 1 nafar deputat esa betaraf qoldi.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Estoniya tajribasi Özbekistonda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini takomillaştiriş, ular örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş va xizmatlar sifatini oşiriş nuqtai nazaridan ahamiyatlidir.

Xususan, jamoat kutubxonalarini yagona elektron ma’lumotlar bazasiga birlaştiriş, naşrlarni xarid qiliş jarayonlarini markazlaştiriş bilan birga kutubxonalarning öz fondlarini mustaqil şakllantiriş huquqini saqlab qoliş, şuningdek, xodimlarning kasbiy malakasini baholaşda iş tajribasi va amaldagi kompetensiyalarini inobatga oliş kabi yondaşuvlarni milliy qonunçilikni takomillaştirişda örganiş mumkin.

Bunday mexanizmlarni joriy etiş axborot-kutubxona muassasalari faoliyatida boşqaruv samaradorligini oşiriş, resurslardan oqilona foydalaniş va aholi uçun kutubxona xizmatlarining hududiy jihatdan qulayligini ta’minlaşga xizmat qilişi mumkin.

Fuqaro mudofaasini kadrlar bilan ta’minlaşga oid özgartirişlar qabul qilindi
Joriy yilning 18-noyabr kuni Şvetsiya Riksdagi hukumatning “Fuqaro mudofaasini kadrlar bilan zamonaviy ta’minlaş töğrisida”gi taklifini ma’qulladi. Riksdag Mudofaa qömitasi tavsiyasiga muvofiq 7 ta qonunga, jumladan mudofaa majburiyati, xavfsizlikni muhofaza qiliş va Şvetsiya Markaziy banki töğrisidagi qonunlarga özgartirişlar kiritdi. Taklif yuzasidan deputatlar tomonidan muqobil takliflar kiritilmagan.

Özgartirişlarga köra, davlat organlari, munitsipalitetlar, mintaqalar va ayrim xususiy taşkilotlar harbiy vaqtdagi tuzilmasiga biriktirilgan majburiyat egalari haqidagi ma’lumotlarni Mudofaa xizmatiga çaqiriş va baholaş agentligida röyxatdan ötkazişi şart böladi. Bu tinçlik davrida manfaatlar töqnaşuvini aniqlaş va yuqori şay holatda har bir xodimning tegişli joyda bölişini ta’minlaşga qaratilgan.

Şvetsiya Markaziy banki hamda tölovlarni amalga oşirişda alohida ahamiyatga ega bölgan kompaniyalar kabi ayrim sub’yektlar uçun harbiy vaqtga möljallangan, oldindan rejalaştirilgan va xodimlar bilan töldirilgan tuzilmaga ega böliş talablari kuçaytiriladi.

Majburiyat egalarining ma’lumoti va malakasi haqida davlat organlari, munitsipalitetlar, mintaqalar va tadbirkorlardan axborot söraş böyiça agentlik huquqlari kengaytiriladi. Bu fuqarolik va harbiy xizmat majburiyatini bajarişga mos şaxslarni aniqlaşni osonlaştiradi. Şuningdek, fuqarolik xizmatiga jalb etilganlarni xavfsizlik tekşiruvidan ötkaziş qoidalari özgartiriladi.

Özgartirişlar 2027-yil 1-yanvardan kuçga kiradi. Qömita hisobotiga Sotsial-demokratlar va Çap partiya vakillari alohida fikr bildirgan. Sotsial-demokratlar munitsipalitet va mintaqalarga davlat talablari bilan boğliq xarajatlar töliq qoplanişi lozimligini ta’kidlagan.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Mamlakatimizda 2000-yil 26-maydagi 80-II-sonli “Fuqaro muhofazasi töğrisida”gi Qonunga köra, potensial xavfli ob’yektlarga ega bölgan yoki mudofaa va iqtisodiyot uçun muhim ahamiyatga ega taşkilotlar fuqaro muhofazasi tuzilmalarini taşkil etadi. Bu tuzilmalarga ayrim istisnolarni hisobga olgan holda 18 yoşdan 60 yoşgaça bölgan erkaklar hamda 18 yoşdan 55 yoşgaça bölgan ayollar jalb etiladi.

Qonunda taşkilotlar fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalaştirişi va amalga oşirişi, fuqarolar esa bu tadbirlarda iştirok etişi va tegişli tayyorgarlikdan ötişi şartligi belgilangan.

Demak, fuqaro muhofazasi tuzilmalariga biriktirilgan şaxslarni yagona tizimda hisobga oliş va ularning bir vaqtning özida bir neça vazifaga jalb etilişiga yöl qöymaslik masalasi Özbekiston uçun dolzarb hisoblanadi.

Umumiy yönaliş sifatida, fuqaro muhofazasi tuzilmalariga biriktirilgan şaxslar haqidagi ma’lumotlarni mudofaa işlari böyiça organlar ma’lumotlari bilan uyğunlaştiruvçi yagona elektron hisob tizimini joriy etiş maqsadga muvofiq.

Muqobil yönaliş sifatida, Markaziy bank, tölov tizimlari operatorlari va hayotiy muhim xizmatlar körsatuvçi boşqa taşkilotlar uçun favqulodda vaziyatlarda faoliyatni uzluksiz davom ettiriş rejalari va xodimlar zaxirasiga ega böliş talabini belgilaş mumkin.

Jadidlar merosi: ma’rifat, huquqiy davlat va milliy parlamentarizm ğoyalari
INSTITUT YANGILIKLARI

Parlament tadqiqotlari institutida milliy uyğoniş davrining uluğ siymolari — jadid bobolarimiz xotirasiga bağişlangan "Jadidlar merosi: ma’rifat, huquqiy davlat va milliy parlamentarizm ğoyalari" mavzusida davra suhbati ötkazildi.

Tadbirda Toşkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Firyuza Muxitdinova, şuningdek, Institut rahbariyati va xodimlari iştirok etdi.

Davra suhbatining 27 noyabr — Turkiston Muxtoriyati taşkil topgan sanaga töğri kelişi tadbirga alohida ramziy mazmun bağişladi. Bundan 109 yil muqaddam, 1917 yil 27 noyabrda Qöqonda Turkiston Muxtoriyati e’lon qilinib, jadidlarning milliy davlatçilik, xalq irodasi va vakillik boşqaruviga asoslangan jamiyat barpo etiş haqidagi qaraşlari siyosiy hayotda öz ifodasini topgan edi.

Davra suhbatida jadidlarning millatni ma’rifat nuri bilan uyğotiş, qonun ustuvorligiga tayangan adolatli jamiyat barpo etiş, xalq vakilligiga asoslangan boşqaruvni şakllantiriş borasidagi ilğor qaraşlari muhokama qilindi. Şu bilan birga, ularning davlatçilik va milliy parlamentarizm tarixidagi örni, mazkur ğoyalarning bugungi demokratik islohotlar uçun ahamiyati yuzasidan fikr almaşildi.

Mahmudxöja Behbudiy, Munavvarqori Abduraşidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat singari ma’rifatparvarlarning millat taqdiri, ta’lim-tarbiya, huquq va adolat masalalariga doir qaraşlari ham alohida e’tibor markazida böldi. Turkiston Muxtoriyati Xalq Majlisi faoliyati misolida milliy parlamentarizmning dastlabki tajribasi, şuningdek, jadidlar ilgari surgan inson qadri, huquq va erkinlik, qonun ustuvorligi hamda xalq vakilligiga oid qaraşlarning bugungi huquqiy davlat tamoyillari bilan uyğun jihatlari tahlil qilindi.

Muhokamalar davomida jadidlar merosini tarixiy xotira sifatida örganiş bilan bir qatorda, unda mujassam bölgan ma’rifat, ilm-fan, qonun ustuvorligi, fuqarolik mas’uliyati va vakillik boşqaruvi kabi qadriyatlarni zamonaviy taraqqiyot talablari nuqtai nazaridan anglaş muhimligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida jadidlar merosini çuqur örganiş, uni yoşlar örtasida keng tarğib etiş, ma’rifatparvarlik an’analarini zamonaviy ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlari bilan uyğunlaştiriş hamda qonun ustuvorligi va milliy parlamentarizm ğoyalarini Yangi Özbekiston taraqqiyotining muhim qadriyatlari sifatida izçil rivojlantiriş yuzasidan fikrlar umumlaştirildi.

💬 Jadidlar yoqqan ma’rifat maş’ali — milliy tafakkur, ilm-fan va yuksak fuqarolik mas’uliyatini şakllantirişga xizmat qiladigan ulkan ma’naviy merosdir.

📸 FOTOLAVHA

Boku forumi: parlamentlararo hamkorlik kelişuvlar ijrosi va nazorati bosqiçiga ötmoqda
MUNOSABAT

Gulbahor SAIDOVA
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti boş ilmiy xodimi

2026 yil 25 va 26 noyabr kunlari Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boşçiligidagi Özbekiston parlament delegatsiyasi Ozarbayjonda böldi. Taşrif doirasida Boku şahrida “Ozarbayjon-Özbekiston abadiy döstlik va ittifoqçilik munosabatlarining parlament ölçovi: hamkorlik yönalişlari va kelajak istiqbollari” mavzusida Ikkinçi Ozarbayjon-Özbekiston parlamentlararo forumi ötkazildi. Forumda 2027-2028 yillarga möljallangan “Yöl xaritasi” imzolandi, Boku deklaratsiyasi qabul qilindi, ikki mamlakat parlamentlari örtasidagi hamkorlik böyiça Parlamentlararo komissiyaning birinçi yiğilişi bölib ötdi.

Forum davlatlarimiz rahbarlari darajasidagi muhim kelişuvlardan keyin ötkazilgani bilan e’tiborli. Şu yil avgustda Toşkentda Oliy davlatlararo kengaşning uçinçi yiğilişida Abadiy döstlik töğrisidagi şartnoma imzolangan edi. Milli Majlis Raisi Sohiba Ğafarova forumda bu hujjat ittifoqçilik munosabatlari rivojida yangi bosqiçni boşlab berganini, Milli Majlis uni 3 noyabrda ma’qullaganini va Prezident Ilhom Aliyev 17 noyabrda tegişli qonunni imzolaganini qayd etdi. T.Norboyeva esa Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomada parlament diplomatiyasiga alohida modda bağişlanganiga e’tibor qaratdi. Bu parlamentlararo hamkorlik şartnomaviy asosga ega ekanini körsatadi.

Mening nazarimda, forumning asosiy natijasi parlamentlararo muloqotning doimiy mexanizmlarga ega bölganidir. T.Norboyeva ta’kidlaganidek, “Xivada biz uşbu muloqot maydonini boşlab bergan edik. Bokuda esa yaqin ikki yilga möljallangan iş yönalişlarini belgilab oldik”. Forumda 2025-2026 yillarga möljallangan avvalgi “Yöl xaritasi” muvaffaqiyatli bajarilgani qayd etildi. Yangi hujjat qonun ijodkorligi, parlament diplomatiyasi va boşqa ustuvor yönalişlarda tajriba almaşişni közda tutadi. Parlamentlararo komissiyaning iş boşlagani esa hamkorlikni yilda bir marta ötadigan tadbirlar bilan çeklanib qolmaslikka xizmat qiladi.

Forumda asosiy e’tibor kelişuvlar ijrosiga qaratildi. T.Norboyeva keyingi ikki yilda qöşma işni tört yönalişga qaratişni taklif qildi Ular, ikki tomonlama kelişuvlar ijrosi ustidan ta’sirçan parlament nazoratini örnatiş, parlamentlararo muloqotda ikki mamlakat hududlari iştirokini faollaştiriş, xalqaro parlament maydonlarida özaro faoliyatni muvofiqlaştiriş, universitetlar, ilmiy-tadqiqot va madaniy muassasalar örtasida töğridan-töğri aloqalarni yölga qöyişdan iborat. Birinçi panel sessiyasida ham bitimlarni birgalikda baholaş, ularning natijalarini tahlil qilib, kamçiliklarni aniqlaş muhimligi ta’kidlandi. Senat Raisi aytganidek, Prezidentlarimiz tomonidan poydevori qöyilgan ittifoqçilik munosabatlari odamlar uning amaliy natijalarini öz hayotlarida his qilganlarida yanada mustahkamlanadi. Parlament nazorati aynan şu natijalarni baholaş vositasidir.

Iqtisodiy hamkorlikdagi raqamlar ham parlamentlar e’tiborini talab qiladi. Forumda keltirilgan ma’lumotlarga köra, Özbekistonda Ozarbayjon kapitali iştirokidagi 470 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, Ozarbayjonda esa Özbekiston investitsiyalari iştirokidagi 130 dan ziyod kompaniya röyxatga olingan. Tomonlarning maqsadi 2030 yilga borib özaro tovar ayirboşlaş hajmini 1 milliard dollarga yetkazişdir. Ikkinçi panel sessiyasida tadbirkorlar bilan har olti oyda uçraşib, mahsulot yetkazişdagi tösiqlarni muhokama qiliş, işni veterinariya va fitosanitariya talablarini uyğunlaştirişdan boşlaş taklif etildi. Bu taklif tarmoq qömitalari faoliyatiga aniq yönaliş beradi.

Gumanitar sohada ham amaliy qadamlar belgilandi. 29 noyabrda Özbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlari ötkaziladi. Bokuda “Özbekiston” boği qurilişiga tamal toşi qöyildi. Uçinçi panel sessiyasida hududlarda madaniyat kunlarini ötkaziş va Buyuk Ipak yöli böylab umumiy sayyohlik yönalişlarini rivojlantiriş taklif qilindi. 26 noyabr kuni delegatsiya Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasida böldi. Akademiya prezidenti Iso Habibbeyli ikki mamlakat fanlar akademiyalari örtasidagi hamkorlik yangilanayotganini ma’lum qildi. Mehmonlarga akademiya naşr etgan uç jildlik “Devonu luğotit turk” kitobi ham körsatildi.

❝ Boku forumidan keyingi asosiy vazifa “Yöl xaritasi” va Boku deklaratsiyasida belgilangan işlarni Parlamentlararo komissiya va tarmoq qömitalari orqali izçil amalga oşirişdan iborat. ❞

Gulbahor SAIDOVA,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti boş ilmiy xodimi

Qozoğistonda ilk bor AI-Quryltai sun’iy intellekt platformasi yordamida qonun loyihasi işlab çiqildi
«Bolalarning raqamli va axborot xavfsizligi töğrisida»gi yangi qonun loyihasi huquqiy tahlil qiliş qobiliyatiga ega sun’iy intellekt modeli örnatilgan AI-Quryltai intellektual platformasi yordamida işlab çiqilgan ilk qonun loyihasi böldi. Bu haqda Qurultoy vitse-spikeri Dinara Zakiyeva Hukumat soati davomida ma’lum qildi.

Mazkur platforma yordamida bolalarning raqamli va axborot muhitidagi xavfsizligining bugungi holati kompleks tahlil qilinib, natijalari qonun loyihasini işlab çiqayotgan deputatlarga taqdim etildi. Tahlil asosini katta hajmdagi ma’lumotlar, fuqarolar murojaatlari, ota-onalar, ekspertlar va jamoatçilik vakillari tomonidan kötarilgan muammolar, şuningdek, mavjud xavf-xatarlarni baholaş hamda xalqaro tajribani örganiş natijalari taşkil etdi.

Bundan taşqari, 800 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarni öz içiga olgan ma’lumotlar bazasiga asoslangan AI-Quryltai platformasining maxsus öqitilgan huquqiy modeli ilk bor bevosita qonun loyihasi matnini şakllantiriş jarayonida qöllanildi. Bu qonunçilikka kiritilayotgan özgartirişlarning qamrovi va töliqligini oşiriş, şuningdek, huquqiy ziddiyatlarni bartaraf etiş imkonini berdi.

Dinara Zakiyeva bu borada quyidagilarni ta’kidladi:

“Masalan, platforma yordamida yangi tahdidlar va raqamli texnologiyalarning rivojlanişi hisobga olingan holda, bolalarni raqamli va axborot muhitida himoya qilişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlar işlab çiqildi.

Uşbu çora-tadbirlar barça platformalarda “ota-ona nazorati” mexanizmini joriy etişni nazarda tutadi. Ya’ni bolalar uçun kontentni filtrlaş tizimi joriy etiladi. Natijada tegişli markirovkadan va tekşiruvdan ötmagan barça raqamli va axborot mahsulotlari, ilovalar hamda öyinlar bolalar uçun foydalanişga taqdim etilmaydi.

Şuningdek, platformalar zimmasiga barça raqamli mahsulotlar, jumladan, ilovalar va öyinlarni markirovkalaş, ularni tekşiruvdan ötkaziş, şuningdek, tahdidlar va qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularni bloklaş böyiça talablar belgilaş taklif etilmoqda.

Jami 120 dan ortiq tuzatişlar işlab çiqildi”.

Şu bilan birga, qonun loyihasini tayyorlaş jarayonida AI-Quryltai platformasi yordamida şakllantirilgan barça takliflar taklif etilgan huquqşunoslar, axborot va raqamli xavfsizlik sohalari ekspertlari iştirokida loyihani işlab çiqayotgan deputatlar tomonidan tekşirilib, qöşimça ravişda takomillaştirildi.

Hozirgi vaqtda qonun loyihasi Hukumat xulosasini oliş uçun yuborilmoqda. Uni yanada takomillaştiriş işlari Qurultoydagi işçi guruh doirasida davom ettiriladi.

Umuman olganda, davlat rahbarining topşiriğiga asosan joriy yil boşida qabul qilingan “Qozoğiston bolalari” konsepsiyasi vazifalarini amalga oşiriş doirasida Qurultoy deputatlari tomonidan uçta qonun loyihasi işlab çiqildi.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Sönggi yillarda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining rivojlanişi davlat boşqaruvi va qonun ijodkorligi jarayonlarini raqamli transformatsiya qilişning muhim yönalişlaridan biriga aylandi. Xususan, sun’iy intellektdan foydalaniş davlat organlari faoliyati samaradorligini oşiriş, normativ-huquqiy hujjatlar sifatini yaxşilaş, huquqiy tahlil va ekspertiza jarayonlarini takomillaştiriş uçun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Özbekiston Respublikasida ham mazkur yönalişni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Özbekiston — 2030” strategiyasida raqamli texnologiyalarni davlat boşqaruviga keng joriy etiş ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Şuningdek, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 2026-yil 13-apreldagi 1941-V-son qarori bilan parlament faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş böyiça 2026–2029-yillarga möljallangan çora-tadbirlar belgilangan. Unda qonun ijodkorligi, parlament nazorati va saylovçilar bilan işlaş jarayonlarida SI imkoniyatlaridan foydalaniş nazarda tutilgan.

Qonun ijodkorligida sun’iy intellektni qöllaş qonun loyihalarini intellektual tahlil qiliş, huquqiy böşliqlar va ziddiyatlarni aniqlaş, xorijiy qonunçilik tajribasini örganiş, huquqiy ekspertiza sifatini oşiriş hamda normativ-huquqiy hujjatlarning ehtimoliy ta’sirini baholaş imkonini beradi. Biroq bunday texnologiyalardan foydalaniş algoritmik şaffoflik, ma’lumotlar xavfsizligi, inson nazorati va yuridik javobgarlikni ta’minlaşning huquqiy mexanizmlarini ham işlab çiqişni taqozo etadi.

Xorijiy mamlakatlar, xususan, Qozoğistonning AI-Quryltai platformasi tajribasi qonun ijodkorligi jarayonida intellektual texnologiyalardan foydalanişning amaliy imkoniyatlarini namoyon etmoqda.

Şu munosabat bilan, Özbekistonda qonun ijodkorligi jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etişning taşkiliy-huquqiy asoslarini takomillaştiriş, ulardan foydalaniş çegaralari va prinsiplarini belgilaş, inson nazorati hamda algoritmik hisobdorlik mexanizmlarini şakllantiriş muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Mazkur holat uşbu yönalişda kompleks ilmiy tadqiqotlar olib boriş, milliy qonunçilikni takomillaştirişga qaratilgan taklif va tavsiyalar işlab çiqiş zaruratini belgilaydi.

Ilm yölini yorituvçi maktub
MUNOSABAT

Saida MAXMATQULOVA
Doktarant

Davlatimiz rahbarining Iordaniyaga taşrifi çoğida suyukli nabirasi Şavkatbekka yöllagan maktubini yoş tadqiqotçi sifatida bir neça bor qayta öqidim. Unda mehribon boboning ögitlari bilan birga ilm-fanga yuksak ehtirom, bilimni millat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvçi kuçi deb biliş falsafasi mujassam. Ayniqsa, “Ilm-fan yangiliklarini sinçkovlik bilan kuzatib, ularning mohiyatini anglaşga harakat qil!” degan da’vat ilm yöliga qadam qöygan har bir izlanuvçi uçun dasturilamaldir.

Maktubda tilga olingan buyuk ajdodlarimiz biz uçun faqat faxr manbai emas, balki ilmiy metodning tirik maktabidir. Abu Rayhon Beruniy tog‘ balandligini kuzatiş va trigonometrik hisob-kitob orqali yer radiusini aniqlagan, uning natijasi zamonaviy qiymatdan bor-yöği bir foizça farq qiladi. Mirzo Uluğbek Samarqand rasadxonasida yillar davomida olib borilgan kuzatuvlar asosida 1018 yulduzdan iborat katalog tuzgan, bu jadval aniqlik böyiça XVI asrgaça tengsiz bölib qolgan. Bu misollar ilmning oltin qoidasini eslatadi: haqiqat kuzatuv, tajriba va aniq hisob-kitob bilan isbotlanadi. “Asling-nasling” degan hikmatga munosib böliş uçun biz, yoş tadqiqotçilar, aynan şu ilmiy halollik va sinçkovlikni meros qilib olişimiz kerak.

Prezidentimiz bolaligi paxta dalalarida ötganini eslab, davlat rahbari bölgaç, birinçi galda bolalarni dalalardan maktab partasiga qaytarganini yozadi. Bu qaror ortida bobo mehri bilan birga çuqur ilmiy haqiqat ham bor. Nobel mukofoti sovrindori Gari Bekker “inson kapitali” nazariyasi orqali bilimga sarflangan mablag‘ xarajat emas, daromad keltiradigan sarmoya ekanini asoslab bergan. Yana bir Nobel laureati Jeyms Xekman esa bu sarmoya bolalikning ilk yillarida eng katta samara berişini körsatgan. Olimning boşqa bir xulosasi ham maktub bilan hamohang: inson salohiyati faqat aql-zakovat bilan emas, sabot, muloqot könikmasi va özini tuta biliş bilan ham ölçanadi. Maktubda yetuk inson bölib ulğayiş “avvalo, özingizga, iroda va sabot-matonatingizga boğliq” ekani ta’kidlangani ham bejiz emas.

Zamonaviy gadjetlar va sun’iy intellektdan unumli foydalaniş, ammo ularga qaram bölib qolmaslik haqidagi nasihat ham ilmiy tadqiqotlarda öz tasdiğini topmoqda. Massaçusets texnologiya instituti (MIT) olimlarining 2025-yilda e’lon qilingan tadqiqotiga köra, inşo yozişda doimiy ravişda sun’iy intellektga tayangan iştirokçilar tört oy davomida miya faolligi, til va xulq-atvor körsatkiçlari böyiça izçil ortda qolgan. Olimlar bu holatni “kognitiv qarz” deb atagan. Avval mustaqil yozib, söngra sun’iy intellektdan yordamçi sifatida foydalanganlar esa faolroq fikrlagani qayd etilgan. Demak, texnologiya tafakkurning örnini bosmasligi, balki uni boyitişi kerak.

Ilmda deyarli har bir kaşfiyot ortida önlab muvaffaqiyatsiz urinişlar yaşiringan. Gipoteza tasdiqlanmaydi, tajriba kutilgan natijani bermaydi, maqola tahririyatdan qaytadi. Tadqiqotçi uçun bu yengiliş emas, balki izlanişning navbatdagi bosqiçi. Çunki notöğri yölni aniqlaş ham töğri yölga bir qadam yaqinlaşiş demakdir. Maktubdagi “Hayotdagi eng katta yutuq heç qaçon yiqilmaslikda emas, balki yiqilgan taqdirda ham özida kuç topib qayta tura bilişdadir” degan sözlar şu ma’noda ilm ahlining şioriga aylanişi kerak. “Heç qaçon yengildim dema!” degan da’vat esa laboratoriyada ham, kutubxonada ham birdek yangraşi lozim.

Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, ötgan yil yakunida mamlakatimizda men kabi 8 326 nafar tayanç doktorant ilmiy izlaniş olib borgan, PhD darajasiga ega tadqiqotçilar soni esa 15,5 ming nafarga yetgan. Prezidentimiz yurtimizdagi millionlab öğil-qizlar qalbida daholarning ölmas ruhi yaşayotganiga imoni komil ekanini yozadi. Bu işonçni oqlaş-biz, yoş olimlarning burçimiz.

❝ Zero, ilm-Vatan kelajagiga qöyilgan eng işonçli sarmoya, uning samarasi esa bugungi izlanişlarimiz va ertangi kaşfiyotlarimiz bilan ölçanadi. ❞

Saida MAXMATQULOVA,
Doktarant

Muhim infratuzilma ob’yektlarining kiberxavfsizligi kuçaytiriladi
Joriy yilning 17-noyabr kuni Fransiya Milliy majlisi muhim infratuzilmalar barqarorligi va kiberxavfsizligini kuçaytiriş töğrisidagi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi. Loyihani 464 nafar deputat qöllab-quvvatladi.

Qonun loyihasi Yevropa Ittifoqining uçta direktivasini milliy qonunçilikka implementatsiya qilişni nazarda tutadi. Ular muhim infratuzilmalar barqarorligi, kiberxavfsizlikka oid NIS 2 direktivasi hamda moliya sektori faoliyatiga taalluqli direktivalardir.

Yangi talablar energetika, soğliqni saqlaş va transport kabi 18 ta muhim sohada faoliyat yurituvçi 18 mingdan ortiq taşkilotga tatbiq etiladi. Mazkur taşkilotlar uçun xatarlarni boşqariş, pudratçilarning kiberxavfsizligini ta’minlaş hamda kiberinsidentlar töğrisida xabar beriş majburiyatlari belgilanadi.

Nazorat vakolati Axborot tizimlari xavfsizligi milliy agentligi (ANSSI) zimmasiga yuklanadi. Şuningdek, agentlikning nazorat vakolatlari kengaytiriladi.

Bundan taşqari, Boş vazir tomonidan har uç yilda yangilanadigan kiberxavfsizlik milliy strategiyasini işlab çiqiş nazarda tutilgan.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Mamlakatimizda 2022-yil 15-apreldagi ÖRQ–764-son “Kiberxavfsizlik töğrisida”gi Qonun amal qiladi. Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi hamda muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlarining yagona reyestrini şakllantiradi.

Qonunga muvofiq, davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari, şuningdek, muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlari kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan ötkaziladi.

Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 22-sentabrda 3458-son bilan röyxatga olingan Davlat xavfsizlik xizmati raisining buyruği bilan muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlarining kiberxavfsizligini ta’minlaş darajasini baholaş tartibi tasdiqlangan.

Şu bilan birga, kiberxavfsizlik böyiça majburiy talablarni faoliyat sohasi va hajmiga qarab boşqa xöjalik yurituvçi sub’yektlarga ham tabaqalaştirilgan holda tatbiq etiş masalasi dolzarb hisoblanadi.

Umumiy yönaliş sifatida faoliyat sohasi va hajmi mezonlari asosida xususiy sektordagi muhim sub’yektlarni aniqlaş hamda ular uçun tabaqalaştirilgan kiberxavfsizlik talablarini joriy etiş maqsadga muvofiq.

Muqobil yönaliş sifatida kiberxavfsizlik sohasidagi milliy strategiyani muayyan davriylikda yangilab boriş tartibini qonun darajasida mustahkamlaş mumkin.

Boku şahrida Ikkinçi Ozarbayjon–Özbekiston parlamentlararo forumi ötkazildi
INSTITUT YANGILIKLARI

Bugun, 25 noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Boku şahrida Ikkinçi Ozarbayjon–Özbekiston parlamentlararo forumi bölib ötdi.

«Ozarbayjon–Özbekiston abadiy döstlik va ittifoqçilik munosabatlarining parlament ölçovi: hamkorlik yönalişlari va kelajak istiqbollari» mavzusida ötkazilgan forumda ikki davlat örtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantiriş, mavjud strategik şeriklik munosabatlarini qonunçilik darajasida qöllab-quvvatlaş va hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilaş masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti vakillari ham iştirok etmoqda.

💬 Forum yakunida Boku deklaratsiyasini qabul qiliş rejalaştirilgan. Şuningdek, forum doirasida Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi örtasidagi hamkorlik böyiça Parlamentlararo komissiyaning birinçi yiğilişi ham ötkaziladi.

📸 FOTOLAVHA